Dori vositalarini qabul qilish vaqti qanchalik muhim?

Dori preparatlari ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra turli vaqtlarda ichiladi. Bu haqda yo‘riqnomada aniq ko‘rsatma beriladi. Masalan:


– taomlanayotganda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi preparatlarni qabul qilish mumkin;
– ovqatlanib bo‘lgach, yarim soatdan so‘ng bosh og‘rig‘iga qarshi og‘riqsizlantiruvchi, peshob haydovchi, isitma tushiruvchi, yurak faoliyati uchun glikozidlar, shamollash va yallig‘lanishga qarshi hamda antibakterial ta’sirga ega dorilar ichiladi;
– taomlanishdan oldin ichiladigan turlari belgilangan soatiga ko‘ra: tanovuldan 1 soat avval – probiotiklar; yarim soat oldin – antatsid guruhiga mansub preparatlar, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi uchun mo‘ljallangan dorilar; taomlanishdan 30-40 daqiqa ilgari – diareyaga qarshi preparatlar, kalsiy, tet­ratsiklin guruhiga oid dori vositalarini qabul qilish mumkin.
Achchiq va til tagiga tashlab ichiladigan dorilarni esa och qoringa qabul qilib bo‘lmaydi.
Agar preparat yo‘riqnomasida qabul qilish vaqti ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni kunning istalgan qismida ichishingiz mumkin. Bunda ovqatdan avvalgi 30-40 daqiqa eng maqbul muddatdir.
Qanday suyuqlik
bilan ichish kerak?
Mutaxassislar fikricha, har qanday suyuqlik ham qabul qilinayotgan preparatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Zero, har qaysi dori vositasining tarkibi va ta’sir doirasi turlicha bo‘lib, u yoki bu turdagi suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi.

Suv yoki menerallar:
– Kapsuladagi tabletkalar tik turgan holatda 100 ml. qaynatilgan iliq suv bilan ichilishi kerak. Suyuqlik miqdori oz bo‘lsa, kapsula qizilo‘ngachga yopishib qolishi ham mumkin;


– Yurak faoliyatini yaxshilashga mo‘ljallangan tomchi dorilarni 20-30 ml. suv yoki qand bo‘lagiga tomizib, so‘ng qabul qilsa ham bo‘ladi;
– Mukalitik turdagi tabletkalar (mukaltin) 1 osh qoshiq suvda eritib ichilsa, yaxshi ta’sir etadi;
– Eritromitsin guruhiga mansub dori vositalarini ishqorli suv bilan qabul qilish lozim. Nordon sharbatlar esa tavsiya etilmaydi.
– Kofein, teobromin va teofillin preparatlari esa aksincha nordon sharbatlar bilan ichilishi mumkin.
Isitma qoldiruvchi dori vositalari sut bilan ichilmaydi! Bunda 150 ml. qaynagan suv kifoya.

Qahva yoxud choy:
– Tanin moddali choylar dori turlari tarkibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlikni davolashda qo‘llaniladigan temir moddasidan iborat preparatlarni choy bilan ichish mumkin emas!

Bu holatda cho‘kma hosil bo‘lishi va organizmga nojo‘ya ta’sir qilish ehtimoli mavjud. Shuningdek, qon-tomir kasalliklari, hazm qilish faoliyatini yaxshilovchi, me’da yarasi, antibiotiklar hamda nevrologiyada qo‘llaniluvchi dori vositalarini ham choy bilan ichish tavsiya etilmaydi.
Qahva esa preparat ta’sirini kamaytirib, organizmdan ajralib chiqishini tezlashtiradi. Umuman, dorini qahva bilan qabul qilish kutilmagan holatlarga olib kelishi kuzatilgan. Ayniqsa, og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini ushbu ichimlik bilan ichish jigarga ziyon. Yaxshisi, preparatlarni qaynatilgan suv bilan iching.

Yana o‘qing:  Endemik bo‘qoqning salbiy oqibatlari

Muattar XO‘JAYEVA,
farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: