Bola nutqidagi buzilishlarga nima sabab bo‘ladi?

Kichik yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchraydi. Bunga esa asosan tashqi omillar yoki ota-onalarning e’tiborsizligi sabab bo‘lishi mumkin.

Dislaliya nutq buzilishining keng tarqalgan turi bo‘lib, bu holatda kichik yoshli o‘g‘il-qizlar ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, ba’zi payt­da uni o‘tkazib yuboradi.
Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu kabi nutq buzilishida bola o‘z istaklarini to‘liq va aniq bayon eta olsa-da, ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Masalan, «mashina» so‘zini «matina», «shirinlik» so‘zini esa «tirinlik» deb aytishi mumkin.
Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexanik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola og‘zidagi nutq apparatida (tishlar joylashuvi, jag‘lar shakli) kamchiliklar, tanglayning tartibsiz tuzilishi, qalin lablar sabab bo‘ladi.
Funksional dislaliyani esa bolaning o‘tkir kasalliklarni bosh­dan kechirganligi, oilada ikki tilda so‘zlashish, farzand nutqini noto‘g‘ri tarbiyalash, u bilan kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gap­lashganda so‘zlarni «bolalarcha» talaffuz qilish va unda fonemik eshitishning yaxshi rivoj­lanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi.

Mexanik dislaliya tashxisi qo‘yilgan bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga og‘iz orqali bajariladigan maxsus mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor ko‘rsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.

Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa, u bilan to‘g‘ri va ravon so‘zlashish orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga she’r yodlatish, qo‘shiqlar eshittirish yaxshi foyda beradi. Biroq bola 5 yoshga to‘lgach ham «quyosh» so‘zini «quyos» deyayotgan bo‘lsa, uni, albatta, shifokorga ko‘rsatish zarur.
Mazkur holatda logoped jajji bemorga og‘iz mashg‘ulotlarini o‘rgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni to‘g‘ri aytishga ko‘maklashadi. Ya’ni maxsus logopedik yo‘llar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi.

Shuningdek, bola nutqini rivojlantirishda og‘iz mushaklarini kuchaytirish yaxshi samara beradi. Buning uchun kichkintoyga sabzi, olma, qotgan non yoki turshak kabi yeguliklardan berib turilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Dilorom TURSUNOVA,

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  O‘z salomatligimizga mas’ullik hushyorlikka chorlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: