Koronavirus avj olgan mamlakatlardan jo‘natmalarni qabul qilish xavflimi?

Koronavirus infeksiyasi to‘g‘risida nimalarni bilish kerak? KOVID-19 bilan bog‘liq savollarga Samarqand viloyati Sanepidxizmat boshqarmasi
Virusologiya laboratoriyasi mudiri Yu.Obloqulovadan javob oldik.

– Kasallik qanday yuqadi?


– Ma’lumki, koronavirus infeksiyasi havo-tomchi va muloqot (kontakt) yo‘llari orqali yuqadi. Virus havoda aylanib yurmaydi, balki odamdan odamga yuqadi. Virusning uzoq masofadan yuqish ehtimoli juda past. Virus odam yo‘talganda yoki aksirganda yuzaga keladigan tomchilarda bo‘ladi. Masofa – xavfsizlik garovi bo‘lib, epidemik zanjirni uzish omilidir. Agar siz yo‘talgan yoki aksirgan bemordan ikki metrdan oshiq masofada bo‘lsangiz, infeksiya sizga yuqmaydi.

– Kontakt – koronavirus infeksiyasini yuqtirishning asosiy yo‘li hisoblanadimi?


– Aksariyat hollarda virus kasallangan odamning nafas yo‘llaridan chiqqan ajratmalar tekkan predmetlarni (ro‘molcha, qo‘lqop, telefon, eshik va zinapoya tutqichlari, hayvonlar, go‘sht, baliq) ushlashdan so‘ng ko‘z, burun shilliq pardalari va qo‘llarga yuqadi.

– Hayvonlardan yuqishi mumkinmi?


– Uy hayvonlari, masalan, it yoki mushuk koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida rasmiy dalillar yo‘q. Biroq uy hayvonlari bilan kontaktdan keyin qo‘lingizni sovun bilan yuvishingizni maslahat beramiz. Bu sizni uy hayvonlaridan yuqishi mumkin bo‘lgan qator kasallik­lardan himoya qiladi.

– Mevalar orqali-chi?


– Mevalarda virus uzoq vaqt saqlanib turolmaydi, mevalar orqali kasallikning yuqishi haqida dalillar yo‘q. Eslatib o‘tamizki, mevalarni yaxshilab yuvib, iste’mol qilish har doimgi odat bo‘lishi kerak.


– Ochiq muhitda virus qancha yashaydi? Qanday qilib virusni zararsizlantirish mumkin?


– Virus uch soatdan bir necha kungacha tashqi muhitda, muayyan muddatlar va bir qator sharoitlarga bog‘liq holda tirik turishi mumkin. Masalan, tashqi muhitning turi, harorati va namligi. Shuning uchun buyumlar sirtlarini, eshik tutqichlarini, texnik asboblarni, yuz sohasi bilan kontakt­da bo‘lganligi uchun mobil telefonlarni va shunga o‘xshash narsalarni dezinfeksiya qilish muhimdir.

– Koronavirusning infeksiyasi tufayli kelib chiqqan kasalliklar qayd etilgan mamlakatlardan jo‘natmalarni qabul qilish xavflimi?


– Yuqish ehtimoli juda past. Jo‘natma orqali koronavirus infeksiyasi yuqmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan bosh­qa davlatlardan tovarlarni olib o‘tish va tashishda hech qanday cheklovlar tavsiya etilmagan. Xitoy Xalq Respublikasiga pochta jo‘natmalar yuborish va qabul qilish odatdagidek amalga oshirilmoqda.

– Tashxis qanday qo‘yiladi?


– Dastlabki bosqichda koronavirus infeksiyasi boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar kabi belgilarga ega. Koronavirus infeksiya­sini faqat maxsus test-tizimlar yordamida aniqlash mumkin.

– Alomatlari…


– Tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal, nafas siqilishi, hansirash va kasallik qayd etilgan davlatdan kelganligi yoki o‘sha davlatdan kelgan odam bilan kontaktda bo‘lganligi.


– Asoratlar esa…

– Odamlarning 80 foizida kasallik yengil kechadi. Koronavirusning yangi shtammlari og‘ir shakldagi pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uning xavflilik darajasi yuqori.

– Nima qilish kerak?


Agar siz koronavirus kasalligi aniqlangan mamlakatdan qaytgan bo‘lsangiz yoki kasallangan odam bilan muloqot qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga bu haqda xabar bering.

Yana o‘qing:  Go‘dak qachon ona sutidan ajratiladi?

Karantin qoidalari yumshatilganiga qaramasdan, ogohlik davr talabi ekanligini unutmagan. O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga befarq bo‘lmang! Odamlar gavjum joylarda niqob taqishni unutmang! Sizning salomatligingiz biz uchun muhim!

Sanepidqo‘mita Axborot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: