Qanday bolalar tez-tez shamollaydigan guruhga kiradi?
Go‘daklarda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati (immunitet) ona qornidayoq shakllanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarda esa immunitet ona suti orqali o‘tadi.
Ushbu tabiiy ozuqa tarkibida qator tirik ingrediyentlar, foydali bakteriyalar, ferment va gormonlar bo‘lib, ular bola tanasining turli infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi. U bilan oziqlangan go‘dak shamollash, gripp, otit va yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari hamda stomatit kabi xastaliklardan kamroq aziyat chekadi.
Shuningdek, tug‘ilgandan so‘ng bola organizmida turli infeksiyalarga qarshi immunitet profilaktik emlanish orqali ham hosil qilinadi.
3 yoshgacha go‘daklar yiliga 4 martadan ko‘p, 3 yoshdan yuqori bolalar esa yiliga 6 martadan ortiq respirator kasalliklar, ya’ni O‘RVI, gripp, bronxit bilan xastalansa, ular tez-tez shamollovchi bolalar guruhiga kiradi.
Bunday kichkintoylar doimiy ravishda shifokor nazoratida bo‘lishi va kerakli muolajalarni olishi zarur.
Dinara DO‘STMUHAMMEDOVA,
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i