Avtopoyga g‘oliblari aniqlandi
14-noyabr kuni Toshkent viloyati Pskent tumanining “Janubiy trassa”sida avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionati seriyasining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbir motopoygalar va aviamodel uchirish bo‘yicha master klass doirasida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent viloyati Yoshlar ittifoqi va yoshlar ishlari agentligi hududiy kengashlari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarning mashina markasi va dvigatel hajmiga qarab turlarga bo‘lingan avtopoygada respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan klublarning 40 dan ortiq maxsus tayyorlangan avtomobillari ishtirok etdi.
Avtopoygachilar uch toifada bellashdilar:
-Milliy(mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar)
-S1600 klassi (dvigateli 1600 smZ bo‘lgan xorijiy avtomobillar)
— S2000 klassi( dvigateli 2000 sm3 bo‘lgan xorijiy avtomobillar).
Aytish joizki, barcha turdagi 15 ta doiradan iborat 3 ta poyga natijalariga ko‘ra, yakkatartibdagi chempionatda 3 ta g‘olib aniqlanib, yana eng yaxshi jamoalar e’lon qilindi.
Ma’lumki, Pskent Janubiy trassa”si Toshkentdan 60 km. uzoqlikda bo‘lib, poyga yo‘li(trek) uzunligi 4,5 kilometrni, doiralar soni 15 tani tashkil etadi.
Shunisi e’tiborga lozimki, har yili musoboqada yuz nafardan ortiq polygachilar o‘zbek va xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarda startga chiqadilar.
Joriy yilning 28 mart kuni o‘zbekistonlik poygachilar seriyalarning yangi mavsum 1-chi bosqichini boshladi. 2- bosqich 12 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. Avtopoygani o‘tkazishdan maqsad, Toshkent Avtomobil federatsiyasi tomonidan avtomobil sporti sohasini rivojlantirish, sohada sportchilar, murabbiylar va ko‘ngillilarni yetishtirish hamda ilg‘or yutuqlarga erishishdan iborat.
Yakshanba kuni ob-havo sovuqligi va kunning bulutligiga qaramay bayram shukuhida minglab ishtirokchi va tomoshabinlar qurshovda qizg‘in o‘tgan avtopoygada g‘oliblari aniqlandi.
Milliy avtomobila avtopoygasida 1-o‘rin Abdulbosit Sobirovga, 2-o‘rin Shuxrat Obidjonovga, 3-o‘rin Javlon Kurbanaliyevga nasib qilgan bo‘lsa, S1600 klassi bo‘yicha 1-o‘rin Jamol Mirxosilovga, 2-o‘rin Yevgeniy Kimga, 3-o‘rin Kamoliddin Karimovga, S2000 klassi bo‘yicha 1-o‘rin Rustam Muhammedovga, 2-o‘rin Aziz Talibnazarovga, 3- o‘rin Farxod Daminovlarga nasib etdii.
G‘oliblarga “Vatanparvar” tashkiloti va Avtomobil federatsiyasi hamda homiy kompaniyalar tomonidan kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mayram AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA