Kattalar

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

«Dunyoni beramiz», dedilar senga,
Bugun esga tushdi, shu qadim g‘oya.
Bolalarga imkon beray desangiz,
Uni kattalardan qiling himoya…

Iltimos, eshiting hasratlarini,
Dardli hikoyasin tinglang bir marta.
Bag‘ringizga bosing, (lekin samimiy)
Yaxshi ko‘raman deng, qayta va qayta.

Quyosh g‘arbdan chiqsa, balki oddiy hol,
Endi baxtli kunga sensiz bormayman.
Suv ichsam, bo‘g‘zimga tiqilar darhol,
Ko‘zyoshingga boshqa chiday olmayman…

Balandparvoz gaplar, qoching bir chetga,
Farqlab olishim-chun tun bilan kunni.
Izlayapman, aytsin, kim ko‘rgan bo‘lsa,
Usti boshi abgor shirin o‘g‘limni…

Sherzod Abdusamadov

Yana o‘qing:  SIFATLI TIBBIY XIZMAT – ELGA MADAD

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: