XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-48)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2013 yil 25-26 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, uni yanada rivojlantirish istiqbollari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etildi.
  • Buxoroda Abu Ali ibn Sino ta’limotining fan taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar ishtirok etdi.
  • Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlab “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida “Salomatlik kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
  • Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Namangan tekstili klasteri” loyihasini shakllantirishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
  • Nukus Olimpiya zahiralari kollejida stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  O‘zbekistonlik talabalar “SoccerBots” robotini yaratishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: