Endi suvdagi bakteriyalarning 99,9 foizga tozalash mumkin
Yanchjou universiteti va Xitoy Fanlar Akademiyasi tadqiqotchilari, bakteriyalardan suvni tozalash uchun yangi, yuqori samarali va xavfsiz qurilmani ixtiro qildilar.
Ultra nurlanish ta’siri ostida ikki o‘lchovli kristalli uglerod nitridi bir soat ichida 10 litrgacha suvni tozalaydi va deyarli barcha zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi. Ushbu turdagi tozalashni fotokatalitik dezinfeksiya deb atashdi.
Ushbu texnologiyaning prinsipi juda oddiy. Suvda fotokatalizatorlar sifatida turli materiallar ishlatilishi mumkin. Ma’lum bir uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlarini qabul qilish jarayonida suvda oksidlovchi reaksiyalar tezlashadi va mikroorganizmlarni o‘ldiradigan reaktiv kislorod molekulalar hosil bo‘ladi.
Olimlar faqat quyosh nuridan foydalanib, 30 daqiqa ichida uglerod nitratining ikki o‘lchovli qatlami yordamida, ifloslangan suvni samarali tozalaganlar. Natijada, 99,99 foiz bakteriyalar yo‘q qilingan.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday tozalash tizimini sanoat miqyosida ko‘paytirish oson bo‘ladi. Kristalli uglerod nitratini sintez qilish uchun katta xarajatlar talab qilinmaydi. Tizimning o‘zi esa arzon va oson yig‘iladi.
JABBORLI