Soatiga 1000 ta, daqiqasiga 17 ta yong‘in

Ma’lumki, tilsiz yov bo‘lgan olovdan ehtiyotkorlik bilan foydalanmaslik oqibatida turli ko‘ngilsizliklar, noxush holatlar, ko‘plab moddiy yo‘qotishlar kelib chiqadi.

Qish mavsumi yaqinlashgani sayin ayniqsa, respublikamizning chekka-chekka hududlarida yong‘inlar soni keskin ortadi. Qishloqlardagi turar joylar va inshootlardagi bu kabi ko‘ngilsizliklar asosan isitish pechlarining nosozligi, ulardan oqilona foydalanmaslik, tandirlarning noto‘g‘ri o‘rnatilishi, gaz asboblaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Qolaversa, olis hududlardagi uylarning tabiiy gaz yordamida ishlatiladigan pechlar bilan isitilishi, ushbu qurilmalarning mo‘rilarini xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan qurilganligi (ko‘pchilik holatlarda tasodifiy shaxslar tomonidan qurilishi), qo‘lda yasalgan pechlarning o‘rnatilishi yong‘inlar kelib kelib chiqishining asosiy sabablaridir.

Shaharlardagi turar joylarda esa bu kabi noxush holatlarga asosan kundalik turmushda ishlatiladigan kimyoviy vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, maishiy texnika vositalarining nosozligi, uy pollarining laklanishi sabab bo‘ladi.

Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, insonlar, ayniqsa, yosh bolalarning yong‘inlarda halok bo‘lish hodisalari yilning kuz-qish fasllariga to‘g‘ri keladi. Afsuski, bunday holatlar kattalarning befarqligi hamda bolalarning olov bilan o‘ynashlari oqibatida sodir bo‘lmoqda. Ya’ni, ayrim hollarda uyda yolg‘iz qoldirib ketilgan yosh bolalar kattalarga taqlid qilib, gugurt yoki ko‘rinarli joyda qoldirilgan elektr dazmol va plitalarini yoqishadi. Bu esa yakunda og‘ir oqibatlarga, eng ayanchlisi, insonlarning halok bo‘lishiga olib kelmoqda.

 

Butun dunyo statistika markazi («CTIF») ning ma’lumotlariga ko‘ra jahonda soatiga o‘rtacha 1000 ta, bir daqiqada esa 17 ta yong‘in sodir bo‘ladi. Yong‘inlar oqibatida bir soatda o‘rtacha 10 nafar, har 100 ta yong‘inda esa 1 kishi halok bo‘lmoqda.

 

Respublika YOXBB bergan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 15 iyuliga qadar yurtimizda 5 ming 772 ta yong‘inlar sodir bo‘lib, ularda ko‘rilgan umumiy zarar miqdori 48,5 milliard so‘mni, tan jarohati olganlar esa 200 nafar kishini tashkil etdi. Achinarlisi, 74 nafar fuqaro e’tiborsizlik tufayli olamdan ko‘z yumdi.

Bugungi kunda yong‘inlarning 70 foizi aholi xonadonlarida sodir bo‘lmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, asosiy halokatlar va tan jarohatlari nosoz va qo‘lbola gaz qurilmalari, yaroqsiz elektr moslamalari tufayli va isitish uskunalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan foydalanish, spirtli ichimliklar iste’mol qilib, hushyorlikni yo‘qotish oqibatida kelib chiqmoqda.

Yana o‘qing:  Magnit to‘foni: uning inson salomatligiga ta’siri

Aholi bilan yaqindan ishlash, davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish orqali yong‘in xavfsizligini ta’minlash mumkin. Shunday ekan aziz yurtdosh­lar, doimo ogoh bo‘lib yashaylik!

 

Farhodjon XOJAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti o‘qituvchisi,

katta leytenant

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: