YOSH DZYUDOCHILARIMIZ – IKKINCHI O‘RINDA

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi jahon kubogi yakunlandi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) shafeligida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Dzyudo federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimiz sportchilaridan tashqari, Yaponiya, AQSH, Kanada, Belarus, Armaniston, Isroil, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlardan 100 nafardan ziyod dzyudo ustasi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish, zamonaviy sport majmualarini barpo etish va zarur sharoitni yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, qit’a va jahon chempionatlari yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan joriy yilgi jahon kubogi hamda 2013 yili o‘tadigan “gran-pri” turkumidagi xalqaro turnirga mezbonlik qilish huquqining O‘zbekistonga berilgani ham yurtimiz sport salohiyatining yana bir jahoniy e’tirofi bo‘ldi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi shu yilning oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan “gran-pri” turkumiga kiruvchi turnirga tayyorgarlik ko‘rayotgani bois poytaxtimiz mezbonlik qilgan jahon kubogida yurtimiz sharafini asosan yosh sportchilar himoya qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bir oltin, 4 kumush va 8 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida o‘zbekistonlik Mirali Sharipov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

O‘tkir Qurbonov, Diyorbek O‘rozboyev, Hamidjon Mo‘minov va Arsen Babayan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Avazbek Qo‘rg‘onov, Ulug‘bek Norqobilov, Shuhrat Arslonov, Erkin Doniyorov, Soyib Qurbonov, Faxriddin Sharipov, Boltaboy Boltayev va Odiljon Tulendiboyev bronza medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yaponiyalik Naoxisa Takato, Keyta Nagashima, Yuya Yoshida, Daysuke Kobayashi, Takeshi Ojitani, rossiyalik Abdulla Abduljalilov jahon kubogi musobaqasining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar o‘rtasida hamyurtlarimizdan Viktoriya Ozdayeva kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nodira Gulova, Dildora Ubaydullayeva va Shohista Safarova kuchli uchlikdan joy oldi.

Isroillik Shira Rishoni, Yarden Gerbi, Lior Uildikan, belaruslik Marina Slutskaya, armanistonlik Janna Stankevich, qozog‘istonlik Aleksandra Podryadova va Anar Seytimova oltin medal bilan taqdirlandi.

Bayram AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  SARCHASHMA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: