Sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida autsorsing joriy etiladi
Aksariyat ta’lim muassasalarida yosh sportchilarimizni ovqatlantirishda qoniqarli deb bo‘lmaydi. Shu sababli Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan mazkur jarayonga zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, 2018–2019 o‘quv yili davomida Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmati (ishonchli shartnomaviy xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda ushbu hududlardagi tadbirkorlar tanlovlarda ishtirok etib, daromad olishlari mumkin bo‘ladi.
To‘plangan tajriba va o‘tkazilgan sinovlar natijadorligidan kelib chiqib, autsorsing xizmati kelgusida vazirlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida joriy etiladi.