El koriga yarash – bosh maqsad

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohani rivojlantirish, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu borada birlamchi tibbiyot xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifa qilib belgilangan. Quvonarlisi, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodim borki, ular davlat e’tiborida.

Har yili ona Vatanimiz mustaqilligi arafasida Prezidentimiz tomonidan xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va serqirra ijodi, ilmiy faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qancha yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu yil Istiqlolimizning 27 yillik bayrami oldidan I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganim chindanda quvonarli hodisa bo‘ldi.

Men rahbarlik qilayotgan 19-qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor-hamshiralari hududdagi 32 ming nafardan ortiq aholi salomatligi yo‘lida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Erishgan yutuqlarimda esa ahil jamoamning o‘rni beqiyos. Shunday qutlug‘ bir kunda kamtarona mehnatim Prezidentimiz tomonidan munosib baholanganidan o‘zgacha bir g‘urur, ta’rif etib bo‘lmas sharaf hissini tuydim. Zero, ushbu e’tibor yurtimizda inson va uning manfaatlari yuksak qadrlanayotgani, kelajak avlodning jismoniy hamda ruhiy kamoloti oliy qadriyat sifatida e’tirof etilayotganining yorqin namunasidir.

 

Maqsuda VARISOVA,

Zangiota tumanidagi 19-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri,

I dafrajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi

Yana o‘qing:  Bu kasb fidoyilikni talab etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: