O‘zbekistonda 21-23 avgust kunlari bayram sifatida keng nishonlaniladi

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018 yil 21-23 avgust kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Farmonda 2017 yil 28 dekabrdagi Prezident Farmonida nazarda tutilgan 2018 yil 24 avgust kundagi dam olish kuni 22 avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda, shuningdek, 25 avgust shanbadagi dam olish kunini 23 avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2018 yil 21-23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

O‘zA

Yana o‘qing:  “Hamshira – 2018” – eng munosiblar taqdirlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: