Samarqandda ShHT turizm universiteti ish boshlaydi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTga a’zo mamlakatlar uchun umumiy turistik maydonni yaratish ushbu sohani rivojlantirishning istiqbolli yangi ta’lim loyihasi – Samarqand ShHT Turizm universitetini yaratishdir, deya fikr bildirdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, universitetning asosiy vazifasi ShHTga a’zo mamlakatlarning turizmni rivojlantirish va turistik almashinuvini faollashtirish yo‘lida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan innovatsion ta’lim dasturlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Yangi OTM ochilishi 2018–2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan, o‘qish ikki bosqichda – bakalavr va magistrlik bo‘yicha olib boriladi. Dastlab universitetda asosan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat 100 kishi ta’lim oladi. Kelgusida ShHTga a’zo mamlakatlardan ham abituriyentlar qabul qilinadi. Shuningdek, universitetda OTM va professional kollejlar ishchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yagona markaz tashkil etilishi qayd etilgan.

Yana o‘qing:  Yurtimizda yangi avlod avtomobili

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: