Qorindagi sanchiqqa e’tiborli bo‘ling

Appenditsit (appendiks – ko‘richak (chuvalchangsimon o‘simta)ning yallig‘lanishi – qorin bo‘shlig‘ining eng keng tarqalgan jarrohlik patologiyasi bo‘lib, bu barcha amaliyot operatsiyalarga nisbatan qiyosiy tahlil etilganda 89,1 foizni tashkil etadi.

Kasallik har ikkala jins vakillari, ayniqsa, 10-30 yoshli insonlar orasida ko‘p kuzatiladi. Har yili dunyodagi har ming nafar insondan beshtasi ushbu xastalik bilan og‘riydi.

Appendiks hazm a’zolari shakllanayotgan davrda paydo bo‘ladi. Ko‘richak ikki qismdan iborat: ingichka ichak va uning davomi ingichka, rivojlanmay qolgan – appendiks qismi bo‘lib, kattalarda uning o‘lchami 8 sm. dan – 15 sm. gacha, bolalarda esa 5-8 sm bo‘ladi. U ham ichak devorlari kabi shilliq va uning ostki qavati, mushak va seroz qavatlardan iborat.

Kasallik belgilari

Ushbu xastalik ko‘p hollarda to‘satdan qorinda og‘riq paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi. Bora-bora tananing ushbu qismida boshlangan og‘riq uning hamma yeriga tarqaladi. Bir necha soat o‘tgach esa o‘ng yonbosh – biqin sohasidagina og‘riq muntazam kuzatiladi. Xasta kishining o‘ng biqini simillab og‘riydi. Vaqti-vaqti bilan unda sanchiq turadi.

Bemorda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratining 37-39 darajagacha ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin. Ko‘p hollarda bemor o‘ng tomonga yonboshlab yotadi. Chunki chap tomonga yonboshlab yotish og‘riqni yanada kuchaytirib yuboradi.

Xastalik sabablari

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simtaning yallig‘lanishiga olib keladigan sabablar bir nechta: ichak infeksion kasalliklari, angina (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi), o‘simta peristaltikasi (harakati)ning buzilishi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ratsionda go‘shtli mahsulotlarning ko‘p bo‘lishidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, sog‘lom odamda ham appenditsit to‘satdan yuzaga kelishi mumkin.

Bunday holat yuz berganda bemor zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim. Aks holda kasallik rivojlanib, chuvalchangsimon o‘simta yiringlab yoki chirishi (nekroz), bu a’zo hatto, yorilib, qorin bo‘shlig‘iga yiring va najas tarqalib, nihoyatda og‘ir asoratlar (peritonit) yuzaga kelishi mumkin. Shunday og‘ir asoratlar qatoriga infeksiyaning qonga o‘tib ketishi (sepsis) va jigar darvoza venasining yiringli yallig‘lanishi (pileflebit) ham kiradi.

Chuvalchangsimon o‘simta yallig‘langanda u qanchalik tez olib tashlansa, bemor shuncha tez oyoqqa turib ketadi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng xasta inson 3-4 hafta ichida o‘z sog‘lig‘ini tiklab olishi mumkin.

Yana o‘qing:  DOIMO GO‘ZAL BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Yaxshimurod RAHMONOV,

poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 2-oilaviy

poliklinika jarroh-shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: