Tibbiyot qo‘lqoplari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Jalabek qishlog‘ida yiliga 33 million juft tibbiyot qo‘lqopi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshladi.
Umumiy qiymati 17 milliard so‘mdan ortiq mazkur loyiha doirasida barpo etilgan korxona hududi 1,5 gektardan iborat. Bu yerga xorijdan 1 million 200 ming dollarlik zamonaviy uskuna va texnologiyalar keltirib o‘rnatildi.
Ayni paytga qadar yurtimizga jarrohlik qo‘lqoplari asosan chetdan keltirilar edi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu tibbiy vositaga bo‘lgan ehtiyoj to‘la qondiriladi.