ISTIQLOL BERGAN IQBOL

– Biz baxtli yoshlarmiz! Negaki, talabalik davrimiz Istiqlol yillariga to’g’ri keldi. O‘tgan yigirma bir yil davomida mamlakatimizda turli sohalarda olamshumul yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qay bir viloyat yoki shaharda bo‘lmang mehnatkash quruvchilar shijoatidan yanada sayqallanib qalbimizga o‘zgacha shukuh baxsh etayotgan osmono‘par uy-joy, maktab, litsey, kollej, oliy o’quv dargohlari, rang-barang gullaru, ko‘rkam bog’u rog‘lar yurtimiz chiroyiga yanada go‘zallik baxsh etayotganidan zavqlanasiz. Ana shunday mehnatsevar, samimiy insonlari bor yurt kelajagi uchun munosib bo‘lishga intilasiz.

Men hozirgi kunda Urganch davlat universitetining “Amaliy san’at” fakulteti 4-bosqich talabasiman. Bolaligimdan rasm chizishni yoqtirar edim. O‘qish jarayonida fakultetimiz dekani Erkin Ro‘ziyev tashabbusi bilan universitetda “Amaliy san’at” va “Tasviriy san’at” bo’yicha talaba-yoshlar o‘rtasida “Tabiatni asraylik” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilganida bu qiziqishlarim menga qo‘l keldi. Bizning 101-guruh a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rik-tanlov hay’ati tomonidan 1-o‘ringa loyiq deb topilgan edi. Bunda men “Manzara”, “Natyurmort” yo‘nalishidagi ijodiy ishlarim bilan ishtirok etdim va Xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan mukofotlandim. Keyingi ko‘rik-tanlovlarda “Suvni asraylik”, “Inson huquqlari” mavzusidagi rasmlarim bilan qatnashib, ana shu tashkilotning “Faol ishtirokchi” sertifikatini qo‘lga kiritdim.

Men kelajakda tengdoshlarim qatori jonajon yurtimiz taraqqiyoti, uning gullab-yashnashi uchun bor iqtidorimni namoyon etib, o‘zimning munosib hissamni qo‘shishga harakat qilaman.

Xurshida XO‘JAMURODOVA,

UrDU 4-bosqich talabasi

Яна ўқинг:  BOBOM YASAGAN BESHIK

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: