Munosib farzand bo‘laman

Men istiqomat qiladigan Olmaliq shahri yurtimizning eng sanoatlashgan hududlaridan biridir. Keyingi yillarda bu qutlug‘ go‘shada yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun ko‘plab ta’lim maskanlari, muhtasham sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Oilada uch qizmiz. Ota-onam biz farzandlarning bilim olishimiz, sport bilan shug‘ullanishimiz uchun g‘amxo‘rlik qiladilar. Shaxsan men sportning shotokan karate-do turi bilan shug‘ullanaman. Shu yil O‘zbekiston chempioni bo‘lishga muyassar bo‘ldim. Bunda ustoz va murabbiylarimning xizmatlari katta bo‘ldi.

Gohida dadamning “Gulhayo qizim, agar o‘z ustingda tinimsiz mehnat qilsang, xalqaro arenalarda ham ona Vatanimiz nomini munosib himoya qilasan”, – degan gaplarini eshitsam, xursand bo‘lib ketaman.

Nasib bo‘lsa, kelajakda Osiyo va jahon chempioni bo‘lib, yurt dovrug‘ini butun dunyoga tanitaman.

Gulhayo QO‘ZIBOYEVA,

Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi

18-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Eng katta boylik

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: