O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ochiq va oshkora ruhda o‘tdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib borgan xalqaro tashkilotlar missiyalarining yakuniy matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini missiya rahbari, assotsiatsiyaning rejalashtirish bo‘limi direktori Li Chjon Xi boshqardi.

29 mart – kuni missiya vakillari Toshkent va Samarqand shaharlaridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish hamda ularni sanab chiqish jarayonini kuzatgani ta’kidlandi. Missiya a’zolarining fikricha saylov yuksak tashkiliy darajada o‘tdi. Saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etdi, ovozlarni sanab chiqish jarayoni ochiq va oshkora amalga oshirildi.

 

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev missiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlangan bayonotini o‘qib eshittirdi.

S.Lebedev O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartishlar uni yanada takomillashtirganini ta’kidladi. Bunda xalqaro tajriba va milliy manfaatlar uyg‘unligini ko‘rish mumkin.

– Biz saylov jarayonini erkin kuzatishimiz uchun barcha sharoit yaratib berildi, – dedi Sergey Lebedev. – Saylov komissiyalari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan uchrashdik, fuqarolar, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari bilan suhbatlashdik. Shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib, joylarda saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdik, ovoz berish jarayonini kuzatdik. Saylov yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik. Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va xalqaro ekspertlar bilan fikr almashib, saylov ochiq va oshkora o‘tgani haqida yakdil xulosaga keldik.

 

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi matbuot anjumanini missiya rahbari, ShHT Bosh kotibi Dmitriy Mezensev boshqardi. U tashkilot kuzatuvchilari saylov kampaniyasining borishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishganini ta’kidladi. Missiyaga Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari haqida to‘liq axborot taqdim etildi.

Missiya bayonotida Prezidentlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar berilgani, saylov kampaniyasi davomida saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunni buzish holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

Ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini sarhisob qilishni xolis baholash maqsadida missiya uchastka saylov komissiyalarining faoliyati bilan ham tanishdi. 29 mart kuni missiya a’zolari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Zangiota va Qibray tumanlaridagi to‘qsondan ortiq saylov uchastkalarida bo‘ldi. ShHT kuzatuvchilari ovoz berishda fuqarolarning faolligi yuqori bo‘lganini ta’kidladi.

Yana o‘qing:  Har dardning shifosi bor

 

Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi ham Prezident saylovini monitoring qilib bordi. Matbuot anjumanida missiya rahbari, tashkilotning siyosiy masalalar bo‘yicha departamenti direktori Ali Abolhassaniy missiya vakillari Markaziy saylov komissiyasida uchrashuvlar o‘tkazgani, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishgani, saylovchilar bilan suhbatlashgani, ovoz berish jarayonini kuzatganini ta’kidladi.

– Saylov g‘oyat yuksak tashkiliy darajada o‘tdi, – dedi A.Abolhassaniy. – Saylov milliy qonunchilik talablari va xalqaro normalarga to‘la mos ravishda, demokratik tarzda, adolatli o‘tdi. Fuqarolarning ushbu muhim siyosiy voqeada faol ishtirok etgani bizda katta taassurot qoldirdi. Biz borgan har bir saylov uchastkasi saylovchilar bilan gavjum edi. Ayniqsa, ular orasida saylovda ilk bor ishtirok etgan yigit-qizlarning ko‘pligi quvonarli holdir. Yoshlarning bunday siyosiy voqeaga qiziqishi va fuqarolik mas’uliyati ortib borayotganini his etdik.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: