Ochiq eshiklar kuni
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 60-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish hamda o‘qituvchilarning zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalana olishini namoyish etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy etilgan pedagogik tavsiyalarning o‘zlashtirib borilishini ko‘rsatishdan iborat.
– Tashkil etilgan “Оchiq eshiklar kuni”da imkon qadar barcha fanlarni qamrab olishga harakat qildik. Ijtimoiy fanlar bilan birgalikda aniq fanlarga ham katta e’tibor berdik, – deydi maktab direktori Tatyana Nekrasova.
“Ochiq eshiklar kuni”da respublika fan olimpiadalarida maktab o‘quvchilarining qo‘lga kiritgan yutuqlari ana shunday tadbirlarning samarasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
M.TOLIPOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri