“Uzbek tigers” muhim g‘alabaga erishdi

Poytaxtimizda boks bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi. Jahon boks seriyasi (WSV) VIII mavsumi guruh bosqichida “Uzbek Tigers” jamoasi Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi jang o‘tkazdi.

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) tomonidan tashkil etilgan turnirning bu yilgi bahslarida jamoalar uch mintaqaga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashmoqda. “Uzbek Tigers” Amerika mintaqasidagi bahslarda ishtirok etmoqda. Bokschilarimiz “Colombia Heroicos” (Kolumbiya), “Cuba Domadores” (Kuba) va “Caciques de Venezuela” (Venesuela) kabi kuchli jamoalar vakillari bilan bellashmoqda.

Guruh uchrashuvlarining dastlabki bahsida “Uzbek Tigers” safarda Kubaning “Cuba Domadores” jamoasidan mag‘lub bo‘lgan edi. Bu safar esa ikki jamoa vakillari “Universal” sport majmuasida ringga ko‘tarildi.

49 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov Oskar Argilagos Perezni, keyingi bahslarda Shahobiddin Zoirov Robaysi Ramirezni (56 kilogramm), Isroil Madrimov Arlen Lopez Kardonani (75 kilogramm), Sanjar Tursunov esa Erislandi Savonni mag‘lubiyatga uchratdi. Yosh bokschimiz Iqboljon Xoldorov Endi Kruz Gomesga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasidagi bahs 4: 1 hisobida bokschilarimiz foydasiga hal bo‘ldi.

Endi “Uzbek Tigers” jamoasi 1 mart kuni “Colombia Heroicos” bilan Toshkentda raqobatlashadi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: