Muvaffaqqiyatsizlikka uchragan odam o‘zini qanday tutishi kerak?
La-Rioxa xalqaro universiteti xodimlari aniqlashicha, o‘zini boshqarish ko‘nikmasi yaxshi rivojlangan odamlar muvaffaqqiyatsizlikdan so‘ng o‘zlarini qat’iy va dadil his qiladi. Shu bilan birga ular salbiy holatlarga yaxshi bardosh bera oladi. Mutaxassislar ish qidirish jarayonida qiyinchilikka duch kelishi mumkin bo‘lgan 15-21 yosh oralig‘idagi 365 nafar talabaning ma’lumotlarini tahlil qilishdi.
Ko‘ngillilar bir qator testlardan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, xatolaridan saboq oladigan, o‘zini boshqarish darajasi yuqori bo‘lgan ishtirokchilar qat’iyaatli va dadil bo‘lishi aniqlandi. Ular salbiy holatlarni ham yaxshiroq yengadi. Tadqiqotchilar o‘zini boshqarish ko‘nikmasini shakllantirish mumkinligini ta’kidlamoqda. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishi kerak.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.