Qiziqarli faktlar
Biz kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari borasida qiziqarli faktlar bilan tanishing.
- Shokolad iste’mol qilish ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va ma’lumot qabul qilishni jadallashtiradi.
- Banan tanovul qilish natijasida ruhiy zo‘riqishdan xalos bo‘lish mumkin.
- Organizmdagi suv muozanati buzilganda bodring iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bodring tarkibi 96 foiz suvdan iborat.
- Ananas qadimda mehmondo‘stlik va do‘stlik ramzi sanalgan. Shu sabab insonlar bir-biriga ananas tuhfa etgan.
- Tuxum po‘chog‘i kalsiy manbai sanaladi. Shu sabab shifokorlar uni iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
- Erta tongdan olma iste’mol qilish, qahva iste’mol qilganga nisbatan insonni tetik qiladi. Yer yuzida mazkur mevaning 7 mingdan ortiq turi tarqalgan.
- Pomidor sabzavot emas, balki meva!
- Shokaladdan qadimda valyuta sifatida foydalanishgan.
- Piyoz uyqu chaqirish xususiyatiga ega. Shu sabab uni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xurshida Husenova