29 mart – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining elchi Kayetana de Zuluyeta rahbarligidagi kuzatuvchilari missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning ahamiyati qayd etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida fikr yuritildi. Ushbu o‘zgartishlarga muvofiq saylovni tashkil etish va uni o‘tkazish uchun mas’ul konstitutsiyaviy organ sifatida Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligining huquqiy kafolatlari sezilarli ravishda mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasida saylov jarayonlarini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida tashkil etilgan 333 saylov uchastkasining barchasi saylov qonunchiligida belgilangan tartibda zarur jihozlar, texnik vositalar hamda adabiyotlar bilan ta’minlangan. Prezidentlikka nomzodlar bilan saylovchilarning uchrashuvlari tashkil etilayotir. Nomzodlarning ishonchli vakillari saylovchilar bilan tashviqot muloqotlari olib bormoqda.

Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilarga uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish tartibi, bunda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni, saylov komissiyalari hamda ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari xususida so‘zlab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasida saylov jarayonlarini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining elchi Kayetana de Zuluyeta rahbarligidagi kuzatuvchilari missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

– Prezident sayloviga tayyorgarlik qonun talablari asosida tashkil etilganidan xabardor bo‘ldik, – deydi Kayetana de Zuluyeta. – Buxoroga ilk bor kelishim. Lekin bu qadimiy va maftunkor shahar haqida ancha ma’lumotga ega edim. Albatta, bir kunda bu yerdagi barcha me’moriy yodgorliklar bilan tanishib chiqish qiyin. Shunday bo‘lsa-da, Nodirdevonbegi madrasasi, Labihovuz, Minorai Kalon va unga yondosh obidalarni tomosha qildik. Ularning o‘ziga xosligi va betakrorligi unutilmas taassurot qoldirdi.

Yana o‘qing:  Qishloqdagi zamonaviy ta’lim maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: