XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YOXUD ISTIQBOL ODIMLARI

Oila va gender ilmiy tadqiqot institutining istiqboldagi faoliyati to‘g‘risida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oila va xotin qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida olib borilayotgan ilmiy-amaliy  tadqiqotlar natijalari asosida  erkaklar va xotin-qizlar teng huquqligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlar hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot istituti negizida Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.

Farmonga ko‘ra,  uning asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi:

Qo‘mita tizimi xodimlari, shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

Oila va xotin qizlar, gender tenglik masalalariga oida muammolarni chuqur tahlil qilish, natijalar bo‘yicha muammolar yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va kiritish;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masallari bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan targ‘ibot ishlari uchun uslubiy qo‘llanmalar va targ‘ibot materiallari tayyorlash;

 Oila, xotin qizlar va gendek tenglik masalalari bo‘yicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik so‘rov, ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

Olimlar va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot izlanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ishlanmalarini amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashish;

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga kiritishdan iborat.

Tadbirda institut direktori Nodira Egamberdiyeva, direktor o‘rinbosari Hamid Abdurahmonov, bo‘lim boshliqlari Bobir Xonto‘rayev va Xurshida Saidvaliyeva ilmiy-tadqiqot institututi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, xotin-qizlar malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar, 2024 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar va yangi loyihalar, oiladagi baxtlilik indikatori metodologiyasini takomillashtirish, “Mas’uliyatli ota-onalik mezonlari”, oilaviy qadriyatlar va gender indekslar katalogi hamda tahliliy ma’lumotlar natijasi haqida ma’lumot berishdi.

Tadbirda institut  xodimlari jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan savollarga javob berishdi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Orol dengizi muammolarini yangi tashkil etilgan jamg‘arma yechim bo‘ladimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: