“ XUMO-ARENA”DA BRIFING BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 11 sentyabr kuni “XUMO-ARENA” ko‘pfunksional sport majmuasida “2019-2020” yil mavsumida xokkey “Xumo” klubining ochilish mavsumiga bag‘ishlangan Brifing bo‘lib o‘tdi.

OAV vakillari, blogerlar va hokkey mutaxassislari, murabbiylari hamda trenerlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan brifingda nafaqat SNG davlatlari, balki dunyo miqyosida tanilgan hokkey ustalari Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Valeriy Kamenskiy, Dmetriy Kurbatov, Kirill Matveev va Normunds SEYYeYSlar hamda “Xumo-Arena” menejeri Bahodir G‘aferovlar ham  ishtirok etdilar.

Ilk bor Toshkentda ko‘pfunksional “Xumo-Arena” muz majmuasida xalqaro darajadagi xokkeyga start berildi. “Xumo” professional  xokkey klubi, Oliy Xokkey ligasi chempionati 2019-2020 yillar mavsumida “Ipak yo‘li” kubogida ilk bor ishtirok etdi. Bir oz muddat avval yana bir muhim voqea, mart oyida “Xumo-Arena”ning poytaxtdagi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Qisqa vaqt ichida professional xokkey klubi tashkil etildi. U Rossiya professional xokkeyi Kontinental xokkeyi ligasi divizionidan keyin ikkinchi darajada turadigan OXLga kirdi va mavsumoldi nazorat o‘yinlarini omadli tarzda o‘tkazdi. Bunga kuni kecha bo‘lib o‘tgan Xumo – NK Ryazan xokkey chempionatida 5:0 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritganimiz tarixiy olamshumul voqealardan biri bo‘ldi.

Brifingda jurnalistlarning bergan savoliga taniqli xokkey ustasi Dmetriy Kurbatov shunday javob berdi:

—O‘zekistonda sportga qiziqadigan, izlanuvchan yoshlarning ko‘p ekanligi, ularning mehnatda chiniqqanligi va sportni, jumladan xokkeyni sevishlarini ko‘rib sohaning yetuk ustasi sifatida nihoyatda xursand bo‘ldim. Kechagi o‘yinda O‘zbekiston “Xumo” klubi o‘yinchilarining g‘alabasi esa buning yaqqol isbotini ko‘rsatdi. O‘zbekiston yoshlarini terma komandaga olib chiqish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi degan savolingizga, men bunga avvalo yoshlardan harakat va chiniqish, o‘z ustida ishlash kerakligini ta’kidlayman. Shundagina ma’lum vaqtdan so‘ng saralanib qolgan yoshlargina terma komandaga o‘ynash sharafini qo‘lga kiritadilar. Bunga davlatingizda yoshlar uchun yetarli barcha shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud ekanligining guvohi bo‘lib turibmiz…

  • Men asli Samarqandda tug‘ilganman,-deya faxrlanib so‘zladi yana bir savolga javob berar ekan Vitaliy Proxorov, – sizlar bilan hamkorlik qilayotganimizdan va qayta O‘zbekistonni kashf qilayotganimizdan mamnunmiz. O‘ylaymanki, xokkey sohasida yaqin vaqt ichida Samarqandda va yana O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham jamoaviy klublarni ochishga, yoshlar o‘rtasida xokkeyni rivojlantirish nafaqat sport yutuqlarini qo‘shlga kiritishga, balki yoshlarning salomatligi va dunyo miqyosida chiqishlarini, yurt sha’nini himoya qilish, milliy g‘ururlarini anglashda ham katta ahamiyatga egadir.
Yana o‘qing:  Nukusda yangi laboratoriya ishga tushdi

Qizg‘in bahs va savol-javoblar tarzida o‘tgan brifingda xokkey ustalari O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlari, ulkan o‘zgarishlar kechayotgan bunyodkorlik jarayonlarini, uning bag‘rikeng va mehmondo‘stligini ta’kidlagan holda yoshlarining nechog‘li sportga qiziquvchanligi, izlanuvchan va serharakat, mehnatga chiniqqanligini e’tirof etib, biz bilan hamkorlikda ko‘plab yoshlarni oliy liga va terma komandaga olib chiqishda hamqadam bo‘lishlarini aytishdi.

Faxriy xokkey ustasi, sobiq ittifoq vaqtida oliy liga o‘yinlari ishtirokchisi, yurtimizning birinchi malakali xokkeychisi, O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi bosh kotibi Zaripov Shukrillo: Kecha “Xumo-Arena”da bo‘lib o‘tgan tarixiy voqea bo‘ldi, desam mubolag‘a emas. Jamoadagi o‘yinchilar yaxshi tanlangan. Quvonarlisi ularning orasida o‘zbek farzandlari ham bor va ular turli viloyatlardan. Biz uynagan paytlarda ham  85 foizimini mahalliy yoshlar tashkil etar edi. Bu ularning mehnatda ham chiniqqan va izlanuvchanligini, sport sohasiga tashnaligini ifodalaydi. Baxtga qarshi bizning oliy ligada o‘ynayotgan bir davrda, sobiq ittifoqning parchalangani, jaoamizning ham tarqalib ketishimizga sabab bo‘lgan edi. Mana, Prezidentimizning tashabbusi bilan davlatimizda dunyoga ko‘z-ko‘z qilsa arziydigan “Xumo-Arenasi” xokkey ixlosmandalarini qizg‘in kutib oldi. Oqqan daryo yana oqadi deganlaridek, yoshlarimiz yana o‘z hokkeyini topdi. O‘sha paytda men shunday katta yutuqlarni qo‘lga kiritsamda, dalada mehnat qilardim, o‘yinlarga vilosipedda qatnardim.

Mehnat qilgan inson hech qachon yengilmaydi. Hozirgi yoshlar sportga chanqoq. Xokkey yoshlarni o‘zaro birikishga, do‘stona ishlashga, kirishimli bo‘lishga undaydi va chegara bilmaydi. Natijalarimiz yaxshi. Kelajakda sohada yoshlarning jamoaviy klublarini tashkil etish, regionlarda xokkeyni ommalashtirishda faxriy sifatida ishtirok etayotganimdan faxrlanaman. 

Amal SOLIYEVA,

MAryam AHMEDOVA.

 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: