Kitobsevarlar uchun eng yaxshi 3 ta innovatsion sovg`a

Kitobsevarlar uchun eng yaxshi 3 ta innovatsion sovg`a

Kitob mutolaasi qadimdan odamlar uchun eng sevimli mashg`ulotlardan biri bo`lib keladi. Shunga qaramay, yangi asr kitobsevarlar uchun yangidan yangi raqamli qurilmalar, texnologik innovatsiyalar olib keldi. Quyida kitob o`qishni sevuvchi yaqinlaringiz uchun unutilmas sovg`a bo`ladigan eng yaxshi qurilmalar 3 taligi haqida ma’lumotga ega bo`lishingiz mumkin.

  1. DIY book light (O`ziyonar chiroq)

Kreativlik va yaratuvchanlikka qiziquvchilar uchun bu eng yaxshi tanlov bo`lishi mumkin, ammo DIY book light kitobsevarlar uchun aqlbovar qilmas darajadagi sovg`a bo`la oladi. Kitobni yopganingizda chiroq o`chadi va uni qanchalik keng ochishingizga qarab, yorug`lik darajasi ham o`zgaradi. Kitobni bo`laklarga ajratib chiroqni o`rnatish uchun payvandlash uskunasi, ustachilik mahorati, bundan tashqari, bo`sh vaqt, sabr hamda hafsala bo`lsa kifoya. Sovg`a beradigan insoningiz sevimli kitobining ajoyib lampaga aylanishi ularni qanchalik quvontirishi, bu quvonch esa umr davomida foydaga xizmat qilishi mumkin.

  1. The Voice Book Storyteller (ota-onalar uchun)

Agar sizning farzandingiz kitoblarni yaxshi ko`rsa, bu sovg`a ular uchun ayni muddao. Ota-onalar istalgan suratli kitobni baland o`qib ovozlarini bu qurilmaga yozib olishlari va farzandlari o`zi yoqtirgan ertaklarni ota-onasi ovozida eshitishi mumkin. Bu sayohatda, xizmat safarida ko`p bo`ladigan ota-onalarga sayohatga ketgan paytida yoki oqshom ertaklarini aytib bolani uxlatishda juda ham yaxshi yordamchidir. The Voice Book Storyteller har bir sahifani eslab qoladi, shu sababli bola kitobni qoldirib ketganida, ovoz qayta o`sha sahifaga sozlanadi. Qurilmaning 50 ta kitob sig`adigan (250 daqiqa) xotirasi hamda shaxsiy kompyuter bilan ulanadigan USB kabeli ham mavjud.

 

  1. Nap Massaging Bed Rest

Bu hamma uchun birdek foydali. Shunchaki suratga qarang. Massaj qiluvchi o`rindiqda o`tirib mutolaa qilish kimga ham xush yoqmaydi deysiz? Kitobsevar do`stingiz yangi chiqqan bestsellerni yonboshlab olib o`qiyotganda bir finjon qahva (yoki vino)ni ichishda noqulaylik tuyayotganidan shikoyat qilyaptimi? Bu qurilma o`zining piyola tutgichiga ham ega. Do`stingiz kitob o`qib bo`lgach, o`rnidan turib chiroqni o`chirishga erinadimi? O`rindiqda o`qish uchun qulaylikni ta’minlovchi bukiluvchan LED chirog`i ham mavjud. Bu oxirgisi emas. Shuningdek, kun so`nggida charchoqlaringizni yozish uchun “mazali” massaj ham sizni kutib turibdi. Zo`r sovg`a, shunday emasmi?

Яна ўқинг:  Билимдон бола қандай тарбияланади?

Bunday yangi texnogolik qurilmalar bilan yaqinlaringizni xursand qilish barobarida ularga foydali xizmatlarni ham taqdim etgan bo`lasiz. Eng muhimi — do`stlar quvonchini ko`rish baxtidir.

Madina AXMEDOVA

tayyorladi

 

 

 

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: