Shifobaxsh giyohlar bilan me’da va ichak yo‘llari tizimida uchraydigan xastaliklarni davolash

Me’da va ichak tizimida uchraydigan xastaliklarni davolashda shifobaxsh giyohlarning yig‘malari – gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)ni davolovchi, og‘riqni qoldiruvchi, yel haydovchi, ichni suruvchi, qon to‘xtatuvchi, spazmolitik holatiga barham beruvchi, burishtiruvchi hamda bakteriatsidlik xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.

Shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori – darmonlar ishtahani ochib, ovqat hazmini yaxshilash xususiyatiga hamda mikrob­larni qirish kabi ta’sir quvvatiga ega bo‘libgina qolmasdan, balki ichak yo‘llari tizimidagi zararli mikroorganizmlarning qayta tiklanishiga imkon bermasligi bilan bir qatorda disbakteriozlarni bartaraf etishga ham qodir bo‘lishi kerak. Shifobaxsh giyohlarning ana shu xususiyatlarini hisobga olgan holda me’da-ichak yo‘llari tizimida uchraydigan xastaliklarni davolashda bir qancha o‘simliklardan keng foydalanish mumkin.

Sabur (aloe) dan tayyorlangan dori-darmonlar inson organizmini mustahkamlaydigan, ichni yumshatadigan, ishtaha ochadigan hamda ovqat hazmini yaxshilaydigan vosita hisoblanadi.

Meda shirasining kislotalilik darajasi oshishi kabi salbiy ta’sirni bartaraf qilishda karam sharbatini va xom kartoshka sharbatining nafi juda kattadir.

 

Nazira ERGASHEVA,

I Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – aholi va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi zamonaviy tizim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: