Qashqadaryoda tumanlararo endokrinologiya bo‘limi ochildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufida 20 o‘ringa mo‘ljallangan tumanlararo endokrinologiya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur tibbiyot maskani 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi quruvchilari tomonidan qayta rekonstruksiya qilinib, uning atrofi obodonlashtirildi. Muassasa malakali tibbiyot xodimlari bilan ta’minlandi. Asosiysi, bemorlarning tez va samarali davolanishi uchun qulay sharoit yaratildi. Laboratoriya va fizioterapiya xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Mazkur shifo maskani endilikda nafaqat Shahrisabz shahri, balki Chiroqchi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.

Yana o‘qing:  Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: