Jamg‘arma faoliyatidan (2012/51)

Jizzax viloyati jamg‘arma mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan viloyat hududidagi harbiy qismda 140 nafar harbiy oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida shifokorlar tomonidan fertil yoshidagi ayollar va bolalarga kerakli maslahatlar berildi.

Namangan viloyati jamg‘arma tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Tafakkur” va “Shabada” mahallalarida 194 nafar voyaga yetmagan o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular uchun “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘arma mintaqaviy filiali Xo‘jayli tumani Oxunboboyev ovuli va “Ozodlik” ovul fuqarolar yig‘inlarida jami 403 nafar yolg‘iz keksa, nogiron va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolardan manzilli xabar olindi.

Jamg‘arma Tibbiy-ijtimoiy markazida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida faoliyat olib borayotgan ofitserlarning 139 nafar oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga kerakli tibbiy maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyati jamg‘arma mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi viloyat hududidagi harbiy qismlarda jami 360 nafar harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tibbiy ko‘rik davomida “Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan fertil yoshidagi ayollar va bolalarga tibbiy maslahatlar berildi.

Abbosjon Ergashev,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  SUV QADRI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: