Xalqaro ko‘rgazma: ko‘rib chiqish va namoyish etish platformasi

«O‘zekspomarkaz» pavilonlarida 15-yubiley Markaziy Osiyo «To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.


Bu yil 15 yilligini nishonlayotgan CAITME ko‘rgazmasi haqli ravishda Markaziy Osiyo to‘qimachilik innovatsiyalari xabi hisoblanadi. Ko‘rgazma jahon to‘qimachilik va tikuvchilik mashinasozligi sohasidagi jahon ishlab chiqaruvchilarining yutuqlari va ishlanmalarini ko‘rib chiqish va namoyish etish platformasi bo‘lib, unda turli korxonalar uchun zarur uskunalar va butlovchi qismlar namoyish etilyapti.

Tadbirning tashkil etilishida O‘zbekistondagi asosiy vazirlik va idoralar bevosita ko‘mak berganlari holda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha soha prfessionallari va ekspertlari, yetakchi investorlar va xalqaro tashkilotlar qatnashmoqda.


2012 yilda ko‘rgazma birinchi marta «Butunjahon ko‘rgazma sanoati uyushmasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar» sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu yil esa maqomi yuqori xalqaro standartga javob beradigan tadbir sifatida tasdiqlash uchun yana bir bor tekshirilmoqda.
Ko‘rgazma o‘z faoliyatini hamkorlik va qo‘shma ishlab chiqarish hamda xususiy investitsiyalar amalga oshirayotgan to‘qimachilik mashinasozligining ko‘plab yetakchilari uchun O‘zbekiston bozoriga kirishiga o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Ishonamizki, mazkur xalqaro ko‘rgazma kelajakda xorijiy kompaniyalar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada mustahkamlash, shuningdek, eksport masalasi keng yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qiladi.

Maryam AHMEDOVA,
Amalya SOLIYEVA

Yana o‘qing:  Qo‘lni qo‘lga berib

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: