
Hurmatli yurtdoshlar, aziz tadbirkorlar va qadrli hamkasblar!
Inson salomatligini muhofaza qilish, aholi o‘rtasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va sog‘lom turmush muhitini shakllantirish bizning eng muhim vazifamizdir.
Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda qonuniylik, halollik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, korrupsiya har qanday sohada bo‘lgani kabi sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatida ham ishonchga putur yetkazishi, aholi salomatligi va jamoat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Shu bois, biz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishimiz shart.
Hurmatli yurtdoshlar!
Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat nazorat qiluvchi organlarning yoki rahbarlarning vazifasi emas. Bu — barchamizning umumiy fuqarolik burchimiz. Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati eng kuchli vositadir. Sanitariya-epidemiologik xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunbuzarliklar, noqonuniy to‘lovlar yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, jim kuzatuvchi pozitsiyasida bo‘lmang. Sizning faolligingiz — jamiyatimizni sog‘lom va adolatli qilish sari tashlangan eng muhim qadamdir.
Sizlarni sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida noqonuniy pul mablag‘lari, sovg‘alar yoki boshqa moddiy manfaatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka, bunday holatlarga duch kelgan taqdiringizda befarq bo‘lmaslikka chaqiraman.
Hurmatli tadbirkorlar!
Sanitariya-epidemiologik xulosalar olish, ob’ektlarni tekshirish, laboratoriya xizmatlaridan foydalanish va boshqa xizmat jarayonlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartib va rasmiy to‘lovlarga amal qiling.
Hech kimning noqonuniy talabini bajarishga majbur emassiz. Barcha murojaatlaringiz qonun doirasida, xolis va shaffof ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
Qadrli soha xodimlari!
Har biringizdan o‘z xizmat vazifangizni vijdonan bajarishni, fuqarolar va tadbirkorlarga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishni, xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslikni talab qilaman.
Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat odobi qoidalariga amal qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish har bir xodimning mas’uliyatidir.
Shu bilan birga, rahbariyat tomonidan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va xizmat jarayonlarini shaffof tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Korrupsiyaga murosasiz munosabat — sog‘lom jamiyat, ishonchli xizmat va farovon kelajak garovidir!
Keling, birgalikda halollikni qadrlaydigan, qonun ustuvor bo‘lgan, aholi va tadbirkorlar manfaatlari himoya qilinadigan tizimni shakllantiraylik!
Hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari !
Tashkilotimizda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari “Ishonch telefonlari” orqali qabul qilish haftaning dam olish kunlaridan (shanba va yakshanba) tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi hamda qonunchilikka asosan ko‘rib chiqiladi.
Murojaatlar anonimligi va qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga bog‘lanish uchun:
Toshkent shahar boshqarmasining ishonch telefon raqami: +998-71-248-12-43
e-mail: info.tash.seojsx@ssv.uz
e-xat: m.kudratxodjayeva@exat.uz
Rasmiy veb-sayt: https://toshshahar.sanepid.uz
Instagram: https://instagram.com/shaharses.uz?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Telegram: https://t.me/toshsanepid
Facebook:https://www.facebook.com/profile.php?id=100089118229071&mibextid=ZbWKwL
Sanitariya-epidemiologiya sohasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini jilovlash, shuningdek, jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishda barchangizni hamkorlikka va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chaqiramiz!
Тиббиёт янгиликларидан хабардор бўлинг!
«Соғлом Авлод» расмий Telegram каналига аъзо бўлинг.
Шу мавзудаги бошқа мақолалар
Барчаси
ЖамиятГендер зўравонликка қарши 16 кун фаоллик
Ўзбекистонда Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Аҳолишунослик жамғармаси (УНФПА) томонидан Ўзбекистон Республикаси Президент ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ҳамда Буюк Бр
Карьера кунида нималарга эришилди?
Бугунги кунда аҳолини, айниқса, ёшларнинг бандлигини таъминлаш масаласи жамиятнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишида муҳим аҳамиятга эга. Куни кеча Вебстер университети таълим дасту
ЖамиятЎқувчилар чиқишлари ҳарбийлар олқишида
Шайхонтоҳур туманидаги 10-умумтаълим мактабида "Хотиралар тўлқини" номли тадбир ўтказилди. Унда ўқувчиларнинг жанговор чиқишлари, улар иштирокидаги саҳна кўринишлари ва куй-қўшиқла
ЖамиятЙод етишмовчилиги жиддий муаммо
Йод ҳаётий зарур микроэлемент ҳисобланади ва озиқ-овқатлар билан истеъмол қилинади. Қалқонсимон без гормонлари учун йод жуда зарур. Агарда организмда йод етишмовчилиги доимий равиш
