Velosipedlar uchun shaxsiy mikrogaraj

AQSHning “Alpen Storage” kompaniyasi xodimlari velosipedlar uchun “Alpen Bike Capsule” kapsula-garaj ixtiro qildi.

Usuv o‘tkazmaydigan, ultrabinafsha nurlarga bardoshli maxsus polietilendan tayyorlangan bo‘lib, sharsimon qopqog‘i tepasidan orqaga ochiladi. Kapsulaning og‘irligi 59 kg, o‘lchami 2×1,3×0,8 metrga teng. Ishonchlilik uchun uning beton yoki yog‘ochli yuzaga o‘rnatish tavsiya etiladi.

“Alpen Bike Capsule”ga barcha turdagi velosipedlar aksessuarlari bilan jo bo‘ladi. Birgina ruli 558 millimetrli velosipedlar joylashtirilayotganda uning g‘ildiragini ozgina yonga burish talab etiladi.

Kompaniya sayti orqali dastlabki buyurtmalar qabul qilina boshladi. Hozircha ushbu mikrogarajning bahosi 899 AQSH dollariga teng.

Mikrogarajlarning savdoga chiqarilishi joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Stomatolog robot shifokor ishtirokisiz operatsiya o‘tkazdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: