Ultratovush me’da-ichakda dorilar so‘rilishini tezlashtiradi

Massachusets texnologiya instituti va shu nomdagi klinik shifoxonaning tadqiqodchilar guruhi ultratovush yordamida ko‘plab dori vositalarini me’da-ichak tizimida hazmni yaxshilashni va so‘rilishini ko‘p marta tezlashtirish mumkinligi haqidagi ma’lumotni e’lon qilishdi.

Ular o‘tkazgan eksperimentlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ultratovush to‘lqinlari ichaklarda so‘rilish jarayonini me’yorda ushlab turuvchi to‘qima to‘siqlar o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Tadqiqot sichqonlarda o‘tkazilganda me’da-ichakka atigi 1 soniya ultratovush bilan ta’sir etish dorining so‘rilishini bir necha marotabaga tezlashtirib yuborgan. Ushbu uslubning asosida ultratovushni suyuq muhitga ta’siri chog‘ida kuzatiladigan tranziyent kavitatsiya deb nomlanuvchi hodisa yotadi. Ya’ni suyuqlikda mikropufakchalarning paydo bo‘lishi va yorilishi natijasida ichak to‘qimasiga dori vositasi kiritiladi.

Olimlar ushbu uslub yaqin kelajakda me’da-ichak tizimi kasalliklarini davolashda qo‘llanilishiga ishonch bildirishmoqda.

Yana o‘qing:  Chavandozlarimiz – Markaziy Osiyoda yetakchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: