Shprits qanday kashf etilgan?

Hammamiz uchun oddiy va ko‘zga tashlanmas hisoblangan buyum – shpritsning ham o‘z tarixi bor. Tibbiyot sohasida dori-darmonlarni vena va mushak ichiga shuningdek, teri ostiga yuborishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan shprits yaratilishi bilan farmakologiya ham tez rivojlandi.

Chunki bu sohada ham turli suyuq dorilar ampula va flakonlarda ishlab chiqarila boshlandi. Vaqt o‘tib esa organizmga tomchilatib yuborladigan osma shaklda bemorga qo‘yiladigan dori – darmon vositalari paydo bo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda yuqorida nomi tilga olingan buyumning ahamiyati katta.

Tarixchilar va arxeologlar qazishma ishlari davomida aniqlashlaricha X-XII asrga oid turli asori – atiqalarda rassomlar tomonidan sopol buyumlar va toshlarga o‘yib ishlangan suratlarda Yevropada shprits o‘rnida buqa qovug‘i, maxsus yarim kovak metall idishdan foydalanishgan ekan. Fikrimizcha faqat bu buyumlar uchiga kumush moslama o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Sababi jahon tabobati tarixida kumush dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi) xususiyatga ega bo‘lgan kimyoviy modda hisoblanadi. Dastlab bunday sodda moslamalardan faqatgina zodagonlargina foydalana olishgan. Ilk shpritsga o‘xshash buyumni qo‘llashdan oldin zararsizlantirilgan o‘tkir pichoqcha bilan bemorning vena tomiri kichikroq qilib ochilgan va tabib unga suyuq dori yuborgan.

O‘sha davrda boy xastalarga qo‘llanilgan suyuq dori – darmonlarning turi ham juda oz bo‘lgan.

 

Zamonaviy tibbiy vositaning ilk ko‘rinishi

 

Uning zamonaviy ko‘rinishi birinchi marotaba 1853 yilda patentlangan.

Shunisi qiziqki, shpritsni bir-biridan bexabar bir paytda turli mamlakatlarda yashagan mustaqil kashfiyotchi mutaxassislar kashf etishdi. Ulardan biri fransuz Sharl Gabriel Pravaz veterinar (hayvonlarni davolovchi) shifokor bo‘lgan. Ikkinchisi esa shotlandiyalik Aleksandr Vud insonlarni davolagan. Buni qarangki har ikkala kashfiyotchi o‘z amaliyoti davrida ushbu tibbiy vositaga ehtiyoj sezishgan. Ya’ni, ular samarali davolash uchun biri xasta jonzotlarni o‘ylab, ikkinchisi esa odamlar dardiga malham bo‘lish uchun shpritsni o‘ylab topishgan.

Veterinar Pravaz hayvonlarni davolatayotganda ular juda bezovta bo‘lib uning ishiga xalaqit berishgan. Shunda u bevosita dori vositasi qonga yuborilishi kerak, degan fikrga kelgan. Chunki dori – darmonlar vena qon tomiri orqali qonga yuborilganda ular tezroq ta’sir etadi va jonzotni nazorat qilish osonroq bo‘ladi. Shifokor Aleksandr Vud esa bemorlarning kuchli og‘riqdan azob chekishiga qarab turaolmagan. Ularga beg‘araz yordam berish uchun bor bilim va tajribasini ishga solgan. Va nihoyat, kutilgan natija o‘z samarasini bergan. O‘sha davrda bemor uchun qo‘llanilgan umumiy narkoz (jarrohlik amaliyoti jarayonida xasta odamni hushsizlantirib, og‘riq hissini bartaraf etuvchi aralashma) azot oksidi, xloraform hamda efir (uchuvchi modda)dan iborat bo‘lgan. Ammo, bu birikma o‘ta zararli bo‘lib ko‘pgina bemorlarni operatsiyadan so‘ng kuchsizlantirgan. Ko‘pchilik kasallar esa uning salbiy ta’siridan jarrohlik amaliyotigacha bo‘lgan davrda vafot etishgan. Shu sababli tibbiyot tadqiqotchilari narkozga o‘rinbosar og‘riqsizlantiruvchi dori vositasi ustida izlanishlar olib borishdi. Bu esa morfiy moddasi edi. Ushbu dori vositasi narkozga nisbatan xavfsizroq bo‘lgan. Biroq, me’da-ichak tizimi orqali u yomon so‘rilgan. Shuning uchun Aleksandr Vud uni qonga bevosita purkash kerak, shundagina samarasi yuqori bo‘ladi, deb fikrlaydi.

Yana o‘qing:  Sportchilarimizning Incheondagi muvaffaqiyati

 

Davomi kelgusi sonda

 

GULSHIRIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: