Saraton hujayralarini aniqlovchi mikroskop ixtiro qilindi

“Google” mutaxassislari to‘qimalar namunalarida saraton belgilarini aniqlashga yordam beruvchi to‘ldirilgan reallik ekraniga ega interaktiv mikroskopni ixtiro qilishdi.

Qurilma real vaqt rejimida kameradan olingan tasvirni skanerlaydi va xavfli o‘simtalar bo‘lgan hududlarni qayd etadi. Ishlab chiqaruvchilar yangi qurilmani har yili bo‘lib o‘tadigan AACR konferensiyasida namoyish qilishdi. “Google Brain” texnik rahbari Martin Stumpe bunday mikroskop yaratishda mashina ta’limini qo‘llash haqida so‘zladi.

Ishlab chiqaruvchilar qurilmaning okulyari va ob’yektivi o‘rtasiga ikki modulni joylashtirishga qaror qilishdi. Birinchi modul yorug‘lik nurlarining bir qismini yarim shaffof shisha orqali o‘tkazadi. Ularning bir qismi esa fotomatritsada aks etadi. Ikkinchi modul suratni loyihalashtiradi va uni namuna tasviriga qo‘yadi. Shundan so‘ng algoritm ushbu to‘qima tasvirini qayta ishlaydi. Dasturda nuqsonlarning bir necha turini tahlil qilish mumkin. Biroq, “Google” mutaxassislari ko‘krak bezi saratoni va prostata saratoni metastaz (saraton xujayralarining boshqa a’zolarga tarqab ketishi)lariga diqqatni qaratishdi.

Yana o‘qing:  Jahonning sut mahsulotlari ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlari aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: