Plastikni yo‘q qiluvchi bakteriya topildi

Yaponiyalik olimlar plastikni bir necha kun ichida yo‘q qiluvchi fermentni yaratishdi.

Bu bakteriya, ayniqsa, butilkalar uchun qo‘llanuvchi plastikni tez qayta ishlaydi.

Olimlar ferment strukturasini sintezlay olishgan va u polietilentereftalatni (PET) original bakteriyadan ko‘ra yaxshiroq yuta boshlagan. Biologlar bakteriya plastikning qolgan turlarini ham tezroq qayta ishlay olishi uchun uni yanada takomillashtirmoqchilar.

Kelgusida ferment plastikni uni yana qayta ishlab chiqarishda qo‘llash mumkin bo‘lgan hosilalarga parchalashi mumkin. Bu bilan esa dunyoda neft iste’moli, zararli chiqindilar va axlat uyumlari miqdori kamayadi. Bundan tashqari irsiy modifikatsiyalar yordamida fermentni 70 darajadan yuqoriroq haroratga bardoshli ekstremofil bakteriyalarga o‘tkazish mumkin. Bunday haroratda PET eriydi va bunday shaklda 100 marta tezroq parchalanadi.

Yana o‘qing:  Go‘shtli pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: