Olimlar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan ip yaratishdi

AQSH, Janubiy Koreya va xitoylik mutaxassislardan iborat xalqaro olimlar guruhining uzoq muddatli tadqiqotlari natijasida iplari tortilganda elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mato yaratildi.

Yangi mato g‘ayrioddiy iplardan to‘qilgan. Iplar esa ko‘p o‘ramli uglerodli nano naychalardan iborat. Elektr tokini ishlab chiqarishning asosiy sharti elektrolit bo‘lishidir. Bunday sharoitda innavatsion ip zaryadlarni yig‘uvchi kondensator vazifasini bajaradi. Mato tortilgan vaqtda iplarning taranglashish natijasida zaryadlar o‘zaro yaqinlashadi. Agar iplarga elektrodlar ulangan bo‘lsa tarmoqda elektr energiyasi paydo bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha 250 vatt elektr toki ishlab chiqarish uchun 1 kg. shunday mato kerak bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Uyali telefon uchun yangi g‘ilof

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: