Me’da yarasi va saratonini aniqlovchi ajoyib uskuna yaratildi

Ufalik olimlar tomonidan puflaganda havo tarkibida me’da-ichak xastaliklari, xususan, saraton kasalligini aniqlash imkonini beruvchi bakteriyani aniqlovchi uskuna yaratildi.

Uskuna ustida Ufa aviatsiya universiteti va Boshqiriston davlat tibbiyot universiteti aspirant va magistrlaridan iborat guruh ish olib bormoqda. Ayni vaqtda uskunaning maketi va datchiklari yaratilgan.

Loyiha rahbarining aytishicha, moslama chiqarilayotgan nafasni tahlil qilish orqali me’dada “Helicobacter pylori” bakteriyasining borligini qisqa muddatda aniqlaydi. Mazkur bakteriya gastrit, me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, alohida hollarda me’da saratonini keltirib chiqaradi.

Uskunaning ishlash prinsipi shunga asoslanadiki, “Helicobacter pylori” bakteriyasining hayoti faoliyatida uni me’da muhitiga moslashishida yordam beruvchi kimyoviy modda ajraladi. Shunday moddalarning biri karbomid bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib, uni ammiakgacha parchalaydi. Xasta kishining chiqargan nafasidagi ammiak konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab, me’dadagi bakteriya va qaysidir ma’noda shikastlanish o‘chog‘i haqida fikr bildirish mumkin.

Yana o‘qing:  Endi sensor orqali oziq-ovqatlar tarkibi aniqlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: