In’yeksiya borasida qulaylik

Sir emaski, olimlar tomonidan yaratilayotgan barcha kashfiyotlar inson manfaatiga xizmat qiladi. Xoh u tibbiyot sohasida bo‘lsin, xoh texnika, bu ixtirolar insoniyatning to‘kin va osuda hayotini ko‘zlab yaratilgan.

Olimlar tibbiyot sohasida navbatdagi qulaylikni yaratish maqsadida EVENA Eyes-On Glasses deb nomlangan ajoyib ko‘z oynakni kashf etishdi. Ma’lumki, muolaja chog‘ida bemorga in’yeksiya orqali dori jo‘natish shifokor va bemorlarga birmuncha noqulayliklar tug‘diradi. EVENA Eyes-On Glasses deb nomlangan ixtiro ham ana shunday noxushliklarni oldini olishga ko‘maklashadi. Gap shundaki, bu kashfiyot orqali shifokorlar bemorning qon tomirlarini aniq ko‘ra olish imkoniga ega bo‘ladilar. Bir ko‘rishda oddiy ko‘ringan mazkur ko‘zoynakning “ko‘p spektrli 3D-tizimi” ishga tushishi bilan shifokorga bemorning vena sohasini ko‘rish imkonini yaratadi.

Qizig‘i shundaki, mazkur uskuna Bluetooth, Wi-Fi va 3G tizim orqali tasvirni boshqalarga uzatishi mumkin. Ko‘zoynak xotirasiga joylangan tasvirdan keyinchalik foydalanish ham uning qiymatini yanada oshiradi. Ko‘zoynak tasmasiga o‘rnatilgan va ko‘zoynakka biriktirilgan mikroprotsessor tasvirning aniq va tiniq ko‘rinishiga yordam beradi.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Dastlabki g‘alaba!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: