Havoni tozalashning yangi usuli

“Roosegaarde” studiyasining tozalovchi minoralari Rotterdam va Amsterdam shaharlaridagi debyutidan so‘ng o‘zini o‘zi tozalovchi shaharlar geografiyasini kengaytirmoqchi bo‘lishdi va bu ro‘yxatga Pekin shahrini ham qo‘shishdi.

Pekinda avtomatik rejimda havoni ifloslantiruvchi mayda zarrachalar va tutundan tozalovchi “Smog Free Tower” minorasi o‘rnatildi. Natijada 41 kun mobaynida mazkur minora 30 million metr3 havoni tozalashga ulgurdi. Bu ko‘rsatkich 2008 yilda yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan Pekin milliy stadioni hajmidan o‘n marta kattadir.

Minoraning ishlashi uchun 1700 vt quvvat talab etiladi. Elektr quvvati yordamida plyus zaryadlangan ionlar hosil qilinadi va havoga qo‘yib yuboriladi. Ushbu ionlar havodagi zararli zarrachalarga yopishib, minoradagi minus zaryadlangan yuzaga tortib olinadi.

Minora yordamida tutilgan zararli zarrachalar va tutun kichik kub shaklida yig‘iladi va keyinchalik zargarlik buyumlarini yaratishda ishlatiladi. Har bir kubchada 10003 metr havodan yig‘ilgan zarrachalar mavjud. Kubchalar marjon munchoqlar kabi tiziladi va havoni tozalashning yangi usulini eslatuvchi suvenir sifatida undan foydalaniladi.

 

Dildora QURBONOVA

Yana o‘qing:  Tibbiyot asbob-uskunalari eksport qilinmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: