Havodan elektr energiyasini oluvchi generator yaratildi

Yaqinda Massachusets texnologiya institutidan bir guruh olimlar lug‘aviy ma’noda aynan havodan elektr energiyasini oluvchi yangi generator yaratdi.

Qurilma kun davomida havo haroratining ko‘tarilib tushishi, ya’ni tebranishi hisobiga ishlaydi. Generatorning ishlashi asosida grafen bilan qoplangan, oktadekan bilan to‘ldirilgan penometall (mis va nikeldan iborat) yordamida issiqlikni yutishi yotadi.

Olimlar ushbu qurilmani “termik rezonator” deb nomladilar. Ishlanma istiqbolli hisoblanmoqda. Bunday generatorlarning hajmi kichiklashtirilsa, nazariy jihatdan ko‘plab qurilmalarda batareya va akkumyatorlar o‘rnini bosishi mumkin.

Rezanatorning mitti namunasi birinchi sinovdan o‘tkazildi va o‘zini samadorligini ko‘rsatdi. 10 darajali tungi haroratda 1,3 millivatt quvvat olishga erishildi. Ushbu yutuqning muhimligi shundaki, rezonatorni quyosh batareyalari konstruksiyalarini bir kecha-kunduzlik foydali ish koeffitsentini oshirishda foydalanish mumkin. Shuningdek, texnologiya harorat sikllariga ega bo‘lgan mexanizm va joylarda, xususan, zavodlar, avtomobillar va muzlatkichlarda qo‘llasa bo‘ladi.

Yana o‘qing:  G‘amxo‘rlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: