Go‘dak yig‘isini endi tarjima qilish mumkin

Farzandi yig‘isining sababini bilolmagan ota-onaning ahvolini hech kuzatganmisiz? Jigarbandining bezovtaligi boisini tushunmagan yaqinlari o‘zlarini qo‘yarga joy topa olmaydi. Bu kabi vaziyatlarga ko‘p guvoh bo‘lgan tinib-tinchimagan olimlar chaqaloq yig‘isini tarjima qiluvchi maxsus qurilma yaratdi.

“Cry Translator” (“Bola yig‘isi tarjimoni”) deb nomlanuvchi maxsus uskuna endilikda ota-onalarga yaqindan ko‘mak bera oladi. Mazkur qurilma bola yig‘laganda to‘g‘ri harakat qilish yo‘llari, uni tinchlantirish, shu bilan bir vaqtda kichkintoy bilan ilk bora tillashish usullarini o‘rgatadi. Eng asosiysi esa ushbu moslama shirintoy yaqinlarini ortiqcha tashvishga tushib, vahima qilishdan asraydi.

Ixtironing afzalliklari shundaki, u 96 foiz aniqlik bilan go‘dak yig‘isining sababini aniqlaydi. Boshqa qurilmalar (kichkintoy uchun mo‘ljallangan maxsus radio, smartfon, ichki telefon tizimi va boshqalar) bilan ulana oladi. U mittivoyning xohish-istagini tezda anglashga ko‘mak bergani bois, ota-onalar uchun yaqin yordamchi bo‘ldi.

Agar ushbu moslama chaqaloqning yonida bo‘lsa, LCD displeyda 3-5 soniya ichida beshta emotsional yoki fiziologik holatdan biri – “och”, “zerikkan”, “noqulaylik”, “uyquchan”, “stress” degan so‘zlar namoyon bo‘ladi. Bu orqali esa ota-onalar yoki enagalar kichkintoyni tezda tinchlantirishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu maxsus asbob tibbiy uskuna emas, balki kichkintoyning yaqinlari uchun mittivoyni yaxshiroq tushunishga ko‘mak beruvchi vositadir.

Unutmang, chaqaloq hech qachon besabab yig‘lamaydi. U o‘zida bo‘layotgan holatni yig‘i vositasida namoyon qiladi. Agar bolajonning bezovtaligi tinmasa, bu qurilma bilan cheklanib qolmay, albatta shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, mahsulotning yakuniy jarayoni hali ham rivojlanish bosqichida.

 

E’zoza ALIMOVA

Yana o‘qing:  Eng katta yorug‘lik diodli issiqxona

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: