Eng mitti tabriknoma

Buyuk britaniyaning Milliy fizika laboratoriyasi olimlari Rojdestvo va Yangi yil bayrami oldidan eng mitti tabriknoma yaratdilar.

Uning eni 15 mikronga (0.015 mm), balandligi esa 20 mikronga (0.02 mm) teng. Tabriknomaning kichikligini tasavvur qilish uchun pochta markasiga qiyoslaydigan bo‘lsak, undan 200 million marta kichikdir.

Ushbu mitti tabriknomaning yuzasiga quvnoq Qorbobo va tabrik matni tushirilgan. Biroq, siz uni kuchli mikroskopsiz ko‘ra olmaysiz.

U qalinligi 200 nanometrga (0.0002 mm) teng kremniy nitridi membranasidan tayyorlangan va 10 nanometrli (0.00001 mm) platina qobig‘i bilan qoplangan.

Tadqiqotchilar tabriknomaga shakl berish va uning yuzasiga tasvir tushirish uchun bir nuqtaga fokuslangan ionli nurdan foydalandi.

Ushbu tadqiqotda ishtirok etgan laboratoriya ilmiy xodimi Devid Koksning so‘zlariga qaraganda mazkur tabriknomani yaratish uchun nano ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan eng so‘nggi uskunalardan foydalanilgan.

Yana o‘qing:  “Eldan o‘rganib, elga beryapmiz”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: