Endi sensor orqali oziq-ovqatlar tarkibi aniqlanadi

Amerikalik olimlar 2x2 mm o‘lchamdagi tish datchigini yaratdi. Undan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini nazorat qilishda foydalanish mumkin.

Ushbu sensorning vazifasi mahsulot tarkibidagi glyukoza, tuz zichligi va alkogol haqida mobil qurilmaga ma’lumot berish bilan cheklangan. Biroq, olimlar kelajakda sensorni mahsulotlarning ozuqaviy xususiyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoni haqida gapirmoqda.

Sensor uch qatlamdan iborat: o‘rta qatlam oziq-ovqat mahsulotini o‘ziga shimadi. Ikki tashqi qatlam esa to‘rtburchak shakldagi ikkita oltin asosli gardishdan iborat. Markaziy qatlamga avval ma’lum bo‘lgan oziq-ovqat ta’sir etsa, uning elektr xususiyati o‘zgaradi. Keyin u turli jadallikdagi radioto‘lqin uzata boshlaydi. Dastlab ma’lumotlar to‘planadi va radioto‘lqin yordamida uzatiladi.

Tadqiqot mualliflari sensorni yaratishda radioto‘lqinli identifikatsiya texnologiyasidan foydalanganliklarini qayd etmoqda. Bu esa sensorni qaysi yuzaga (tish yoki teriga) biriktirilganidan qat’iy nazar ma’lumot uzatish imkonini yaratadi.

Olimlarning fikricha kelajakda bu turdagi sensorlar tananing barcha yuza qismida biriktirilib, organizmning biologik ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin.

Yana o‘qing:  Chumolilar o‘zlarining oynadagi aksini taniy olishi aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: