Elektr jihozlarini sozlashga moslashgan uskunalar to‘plami

Pultdan tortib smartfongacha bo‘lgan elektr energiyasida ishlovchi barcha jihozlarni uy sharoitida o‘zi sozlashga qiziquvchilar uchun “iFixit Essential Electronics Toolkit” uskunalar to‘plami taqdim etilmoqda.

Ushbu to‘plamga 16 ta 4 millimetrli turli profildagi ochqich, bir nechta pinsent, vakuumli so‘rg‘ich, magnitlangan dastak, qog‘oz va izolyasiyalovchi tasma bilan ishlash uchun pichoq, shuningdek, yana bir qancha kichik uskunalar joylashtirilgan. Barcha ochqichlarning dastasi himoya qoplamasiga ega va ishlashda qulaylik yaratish uchun ularning asosiy qismi magnitlangan. Uskunalar plastik, alyuminiy va zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

Mazkur to‘plam 185x154x40 millimetr o‘lchamga ega shaffof qopqoqli qutiga joylashtirilgan. Og‘irligi atigi 368 gramni tashkil qiladi. Uning narxi 20 AQSH dollariga teng.

Yana o‘qing:  Ko‘nglim tinchimayapti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: