Ayt-chi menga ey ko‘zgu, kim eng go‘zal dunyoda?..

 Oppog‘oyning boshiga tushadigan barcha ko‘ngilsizliklar nima sabab ro‘y bergani esingizdami? O‘gay ona sehrli ko‘zguga qaramaganida u bu yorug‘ olamning tanho malagi emasligini bilmagan, Oppog‘oy esa gnomlar oilasida yashashga to‘g‘ri kelmagan bo‘lardi.

Yaqinda bu kabi sehrli ko‘zgu ayollar uchun maxsus yaratildi. “Panasonic” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ushbu oynada siz o‘zingiz uchun turli xildagi soch turmaklari, eng so‘nggi urfdagi pardozlar va hatto, har xil bichimdagi liboslarni virtual tarzda sinab ko‘rishingiz mumkin. Uning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, oynaga razm solishingiz bilan u yuz teringizda yuzaga kelayotgan turli muammolardan sizni ogohlantiradi. Qolaversa, parhez qilish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, kosmetik vositalardan foydalanishni tavsiya etadi.

Endilikda siz uyingizdan chiqishdan oldin maslahatchi-ko‘zguning qarshisiga borasiz. Unga ertakdagi sehrli so‘zlarni aytmasangizda, oyna sizga ko‘rinishingiz bilan bog‘liq barcha holatlarni hisobga olgan holda o‘z tavsiyalarini beradi. Masalan, pardoz vositalaridan birini ishlatish esingizdan chiqishiga ko‘zgu aslo yo‘l qo‘ymaydi. U bu haqida sizga darrov xabar qiladi.

Agar bu kabi maslahatchi-ko‘zgu ertakdagi o‘gay onada ham bo‘lganida edi, u doimo mukammal bo‘lish mumkin emasligini bilgan, Oppog‘oyga esa zaharlangan olma bermagan bo‘lardi.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Yoshartiruvchi niqoblar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: