Turfa xil taomnoma “siri”

Diyetologlar fikriga ko‘ra bir xil ovqatlanish kishi kayfiyatiga salbiy ta’sir etar ekan.

Shuning uchun taomnomada turli va yorqin rangli meva-sabzavotlar bo‘lishiga e’tibor qaratish zarur. Siyohrang tusli va to‘q qizil mahsulotlar antitsianlarga boy. Ular flavonoid guruhiga mansub moddalar hisoblanadi. Shu sababli kuchli antioksidant ta’sirga ega. Ya’ni, rak hujayralarini ham nobud etadi. S darmondorisi ham antioksidant hisoblanadi. Sabzavotlardan, ayniqsa, yashil rangli salat o‘simligi hamda karam, shuningdek, brokkoli karami hamda oshqovoq, bulg‘or qalampiri, sabzi juda foydali hisoblanadi. Yorqin rangli sabzavotlarni albatta, birorta o‘simlik yog‘i bilan iste’mol qilgan ma’qul. Chunki ushbu yog‘ ta’siri sababli beta-karotin (A provitamini) A darmondorisiga aylanadi. Shu sababli sabzili salatga o‘simlik yog‘i yoki yog‘siz smetana qo‘shib iste’mol qiling. Har kuni 400 gramm meva-sabzavot tanovul etsangiz o‘zingizni bardam his etasiz. Taomnomada turli xil meva-sabzavotlar, ko‘katlar hamda dukkakli, yorma donli mahsulotlar, shuningdek, sut va sut mahsulotlari yana baliqning ham bo‘lishi inson umrini uzaytiradi.

Yana o‘qing:  Shokolod ayollar uchun foydali

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: