To‘g‘ri ovqatlanish maktab yoshidagi bolalar uchun juda muhim

Barcha ota-onalar farzandlarining sog‘lom bo‘lishini istaydi. Ammo o‘sayotgan organizmga birinchi navbatda nima kerakligini hamma oila kattalari ham bilavermaydi?

Mutaxassislarning fikricha bola har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi uchun birinchi galda uning to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzi nimalarni o‘z ichiga oladi? Bunda qanday qoidalarga amal qilish zarur?

Eng avvalo, maktab yoshidagi bola organizmi uchun sabzavotlar tarkibidagi kletchatka, mevalar tarkibida mavjud vitaminlar va makroelementlar, go‘sht mahsulotlaridagi oqsil, baliqda juda mo‘l bo‘lgan fosfor, sut mahsulotlarida mavjud kalsiy juda zarur hisoblanadi. O‘quvchining ratsioni bir me’yorga keltirilgan va zarur miqdordagi oqsil, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va aminokislotalarni o‘z ichiga olishi zarur.

Nonushtaga issiq taomlardan bo‘tqalar tavsiya etiladi. Shuningdek, sabzavotli va mevali salatlar, sariyog‘ va pishloqli nonlar, issiq choy, kakao va sharbatlar, na’matak, kompot va kisel bo‘lishi lozim.

Tushlikda birinchi taomga hayot uchun zarur hisoblangan suyuq sho‘rvalar (tovuq va turli boshqa xil go‘shtli) tavsiya qilinadi. Ikkinchi ovqatga esa issiq quyuq ovqatlar (guruchli, grechixali, moshli, no‘xat, loviyali va sabzavotli ovqatlarga go‘shtli va qiymalar qo‘shib) tavsiya etiladi. Taomnomaga qo‘shimcha ravishda mevalar qo‘shiladi.

Ikkinchi tushlik non va sut mahsulotlaridan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Qolaversa, o‘quvchilar uchun olma va tvorog yeyish ham foydalidir.

Kechki ovqatga asosan yengil taomlar tavsiya etiladi. Ular me’daga ortiqcha yuklama bo‘lmasligi kerak.

Yosh bolalarning ovqat hazm qilish tizimi o‘ziga xos bo‘lganligi uchun ular yog‘li, qovurilgan, achchiq va nordon ovqatlarni yeyishdan cheklanishlari kerak. Maktab o‘quvchilari taomnomasinining asosini tabiiy mahsulotlar (sabzavotlar, meva va ko‘katlar) hamda qaynatilgan va dimlangan taomlar tashkil etishi lozim. Shirin ichimliklar, pishiriqlar, un mahsulotlari, shokolad kabi yeguliklar minimal miqdorda iste’mol qilinishi zarur.

Agar farzandlarimiz sog‘lig‘ini asrashni istasak, ularni tez tayyor bo‘ladigan yeguliklar – gamburger, xot-dog, shuningdek, turli xil rangli va gazlangan shirin suvlar, qotirilgan non va chips, tarkibida kimyoviy va rang beruvchi qo‘shimchalar mavjud mahsulotlarni tanovul qilishiga ruxsat bermaslik darkor.

 

Bolaning sog‘lom ovqatlanish tarzini qanday tashkil qilish lozim?

Yana o‘qing:  Dunyoda muvaffaqiyat qozongan yangilik endi O‘zbekistonda

Taomnomadagi oziq-ovqat mahsulotlarining turli-tuman bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Aniq o‘ylab chiqilgan, turli zarur mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi me’yoriy ovqatlanish tarzi har tomonlama foydali hisoblanadi.

Tartib va davriylik.

Kuniga 4 martadan kam bo‘lmagan va har kuni belgilangan bir vaqtda ovqatlanish darkor. Ular orasidagi tanaffus 3,5 soatdan oshmasligi lozim.

 

Har kuni yangi uzilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish zarur.

Meva va sabzavotlar salatlarda, qirg‘ichdan chiqarilgan holda, sharbat ko‘rinishida va albatta butunligicha iste’mol qilinishi mumkin.

 

Tuz va shakar, gazli ichimliklarni minimum darajagacha cheklash shart.

Ushbu mahsulotlar organizmdagi suv va tuz me’yorining buzilishi, ovqat hazm qilish hamda immun tizimini ishdan chiqishi, shuningdek, semirib ketish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Taomlarni tayyorlash usuli – bug‘da tayyorlash, dimlab va qaynatib pishirish.

Shuningdek, bolalarning ratsioniga quruq mevalarni ham kiritish ayni muddao hisoblanadi.

 

Ovqatlanish tartibiga ko‘ra ovqat quvvatining taqsimlanishi

Ovqatlanish vaqti

Ovqatning umumiy quvvatiga nisbatan % hisobida

Kunda to‘rt marta ovqatlanishda

Kunda uch marta ovqatlanishda

Nonushta

25-30

30

Tushlik

40-45

45-50

Tolmachoy

10-15

Kechki ovqat

15-20

25-30

 

Sayyora MULLAYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: