Tezpishar shokoladli tort

Zarur masalliqlar: 1,5 stakan un, 3 osh qoshiq kakao, 1 stakan shakar, 5 osh qoshiq zaytun (yoki boshqa o‘simlik) yog‘i, 1 choy qoshiq qabartirgich, 1 choy qoshiq sirka, 1 choy qoshiq vanilin, 0,5 choy qoshiq tuz.

Tayyorlanishi: idishda sirka, vanilin va o‘simlik yog‘ini aralashtirib, ustidan un, kakao, shakar, qabartma va tuz solinadi. Keyin suv solib, xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan masalliq yog‘langan qolipga solinadi va 180 S haroratda qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishiriladi. Tort sovuganidan so‘ng ta’bga ko‘ra bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Pishloqni nima uchun iste’mol qilish kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: